O`zbekistonda Oliy harbiy ta`lim muassasalariga nomzodlarni qabul qilishning yangi tartibi haqida ma`lumot berildi

Kecha, 30 may kuni “Mudofaa vazirligi tizimida harbiy ta`lim: harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari. Oliy harbiy ta`lim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish tartibi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Oliy harbiy ta`lim muassasalariga tanlov tadbirlari o`tgan yilgilaridan farqli ravishda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi qarori bilan amalga kiritilgan yangi metodikaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga ko`ra, tanlov bosqichlari o`tgan yilgilardan farqli ravishda soddalashtirilgan, byurokratiya va inson omilini aralashuviga chek qo`yilgan.

Tanlov tadbirlari o`qishga kirgunga qadar yil davomida o`tkaziladigan harbiy-professional yo`naltirish bilan boshlanadi. Mazkur jarayonda o`quvchi yoshlarning faxriylar, harbiy qism hamda oliy harbiy ta`lim muassasalarining vakillari bilan uchrashuvlari va davra suhbatlari o`tkaziladi. Bunda ularga ofiser kasbi, o`qishga kirish tartibi to`g`risida tushuntirishlar beriladi.

Реклама на Unews

Dastlabki saralab olish tadbirlari ikki bosqichda o`tkaziladi:

a) birinchi bosqich 1 fevraldan 10 aprelga qadar fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — mudofaa ishlaribo`limlarida, harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni o`tash joyida o`tkaziladi.

b) ikkinchi bosqich 11 apreldan 31 maygacha fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari boshqarmalari va O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida o`tkaziladi. 

Реклама на Unews

Tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar test sinovlariga qo`yiladi.

Ma`lumot uchun:

Yurtimizda Mudofaa vazirligi tasarrufida Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti,O`zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviasiya bilim yurti, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi kabi oliy harbiy ta`lim muassasalari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi, Mudofaa vazirligi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi harbiy ta`lim muassasalari mavjud.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring