O‘zbekistonda koronavirusning “afrikancha” shtammi ham aniqlangani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirusning yana bir yangi turi – “afrikancha” shtammi ham aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, Aripov raisligda koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston hali chegaralarni yopib qo‘ymagani va bunga asos yo‘qligi, lekin shunday bo‘lsada kasallik ko‘payishni boshlangani ta’kidlandi. Shuningdek, kasallik yosh bolalar orasida ko‘payib borayotgani alohida qayd etildi.
Hozir kasallik ham o‘z turini o‘zgartirib, yanada xavfliroq bo‘la boshladi. Avval bolalarga ta’sir qilmagan bo‘lsa, hozir aksincha bo‘lyapti, hattoki bog‘cha bolalariga ham ta’sir qilyapti, – dedi Bosh vazir.
Shuningdek, hukumat rahbari mamlakatimizda kasallikning “afrikancha” shtammi ham aniqlanganini aytib o‘tdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring