O`zbekistonda koronavirusga qaysi yosh toifasi ko`proq chalinmoqda?

Bugun o`tkazilgan koronavirusga qarshi kurashish bo`yicha Maxsus komissiyaning kengaytirilgan yig`ilishida Cog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari Bahodir Yusupaliev  ayni paytda mamlakatimiz hududida  ro`yxatga olinayotgan koronavirusdan kasallanganlarning yoshma-yosh tahlili haqida ma`lumot berdi.

Mutaxassis bergan ma`lumotga ko`ra:

  • 14 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtacha 13-15 foizni;
  • 15-19 yoshdagilar 4-6 foizni;  
  • 20-29 yoshdagilar 11-14 foizni;
  • 30-39 yoshdagilar 17-20 foizni;
  • 40-49 yoshdagilar 10-15 foizni;
  • ‍50-59 yoshdagilar 12-16 foizni;
  • 60 yosh va undan kattalar 22-26 foizni tashkil etmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring