O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8 kishiga oshib, 2620 nafarga yetdi

2020 yil 14 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2620 (+8) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.  

8 nafar yangi kasallanish holatining 4 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Ayni paytda yurtimizda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatimizda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Реклама на Unews

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 5,5 mingdan oshdi

Xitoyda sodir bo’lgan zilzila Farg‘ona vodiysida sezildi

Kim Chen In yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lganmi?

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring