O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 26 000 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 3 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 828 (+275) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz " nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent viloyati, 56 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 9 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 9 166 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring