O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2636taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 16 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 14 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2636 nafarni tashkil qilmoqda.», deyiladi vazirlik xabarida, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

16 nafar yangi kasallanish holatining 6 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 10 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Bugun hozircha 36ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 60 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilmoqda.

Shifoxonalarda 489 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda, ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda.

Ertaga ko‘pgina viloyatlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutiladi

Gulnora Karimovaning Fransiyadagi 10 mln dollar aktivi O‘zbekistonga qaytarildi

Реклама на Unews

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring