BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 11000 nafardan oshdi

2020 yil 26 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 391 (+165) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 67 nafari, Surxondaryo viloyatida 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 11 nafar, jami 173 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 11 004 (+173) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 273 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda zotiljam avj olayotganini tan oldi O‘zbekistonda koronavirusdan tashqari o‘pka yallig‘lanishi – zotiljam xastaligi ham juda tezlik bilan avj olib bormoqda. Birgina Toshkent shahrida joriy yilning iyun oyi boshida zotiljam xastaligi bo‘yicha 3 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, hozirga kelib kuniga 500 dan ortiq shunday murojaatlar ro‘yxatga olinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bekzod Musayev “O‘zbekiston 24” teleradiokanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.  “Issiq kelgach, virusning tarqalishi kamayadi degan taxminlar ham bor edi. Ko‘rib turganingizdek, issiq bo‘lishiga qaramasdan kasallik tarqalishi juda avj olmoqda. Avvallari bu virus chet davlatdan kelgan, davlat chegaralaridan o‘tayotgan fuqarolarda aniqlangan bo‘lsa, afsuski, hozirgi kunda virusning asosiy o‘chog‘i aholi orasida bo‘lib qoldi. Yangi holatlarning 70-80 foizi aholi orasida aniqlanmoqda”, deydi Musayev. Bosh vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, ayni vaqtda O‘zbekistonda tez yordam xizmatiga bo‘lgan murojaatlar soni 2,5 baravarga oshgan.  Ma’lumki, O‘zbekistonda joriy yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar karantin choralari kuchga kirdi. Respublika maxsus komissiyasining bugun, 26 iyul kuni qabul qilgan qarori bilan karantin 15 avgustgacha uzaytirildi. Musayev bu haqda gapirarkan, karantin choralari kuchaytirilmaganda tez tibbiy yordamga bo‘lgan murojaatlar soni 2,5 baravardan ham oshib ketishi mumkinligini urg‘uladi. 

Fikr qoldiring