O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortmoqda

2020 yil 18 noyabr coat 14:20 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 719 (+71) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining: 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, 
— Andijon viloyatida 11 nafar,  
— Jizzax viloyatida 6 nafar,  
— Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,  
— Toshkent viloyatida 8 nafar,
— Toshkent shahrida 37 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Yurtimizda 67 927  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96  foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 192 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring