O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni kamaymoqda

Shu yilning 21 avgust kuni mamlakatimizda 381 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Xorazm, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 547 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring