BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 28 809 kishiga yetdi. Toshkentda 2 nafar bemor vafot etdi

2020 yil 7 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 809 (+274) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 19 587 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

O'zbekistonda karantin qachon bekor qilinishi xabar qilindi! Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o’z ishini boshladi. Senat yalpi majlisining rasmiy qismiga o’tishdan oldin Musa Tajetdinovich Yerniyazovning va shu kasallikdan vafot etgan boshqa yurtdoshlarimiz xotirasiga bir daqiqalik sukut e’lon qilindi. Yalpi majlisni ochib berar ekan, Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirus pandemiyasiga oid fikrlarni bildirib o’tdi. “Bugun dunyo xalqlari og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Khech qaysi davlat hatto qudratli mamlakatlar ham bunday vaziyatga tayyor emas edi. Koronavirus pandemiyasi insonlar, sohalar, tizimlar uchun jiddiy sinov bo’lmoqda. Umuman, bugun mamlakatimiz uchun nostandart ish jarayonlarini, xalqimiz uchun ham nostandart hayot tarzini boshdan kechirishga to’g‘ri kelmoqda. Bizning haqiqiy chidam, sinovdan o’tishimiz jarayonlarida bir narsaga hammamizning ishonchimiz komil bo’lib boryapti, ya'ni O’zbekistonda mustahkam ishonchli iqtisodiy-siyosiy ijtimoiy zamin yaratilgan bo’lib, u eng og‘ir vaziyatlardan katta talafotlarsiz chiqishga yordam bermoqda”, dedi Tanzila Norboyeva. Senat raisi o’z nutqini davom ettirar ekan, pandemiya barham topishi, karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinishi haqida gapirdi. “Khozirgi qiyinchiliklar albatta o’tadi. Pandemiya ham barham topadi. Biroq kelgusida bu kabi qiyinchiliklar bo’lmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi. SHunday ekan, barcha sohalardagi tartib-taomillarni mana shunday sharoitlarga moslashtirishimiz zarur deb hisoblaymiz. Endilikda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o’rtasida sog‘lom turmush tarzi to’g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya'ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur. Bunda ayniqsa qonunlarimizni takomillashtirish birinchi galdagi vazifalarimizdan biri bo’lib hisoblanadi”, dedi Norboyeva. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring