O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan qancha bemor o‘ta og‘ir ahvolda?

2020 yil 25 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 227 (+188) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
— 3 nafari Andijon viloyatida,
— 5 nafari Buxoro viloyatida,
— 5 nafari Jizzax viloyatida,
— 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
— 6 nafari Namangan viloyatida,
— 14 nafari Samarqand viloyatida,
— 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
— 43 nafari Toshkent viloyatida,
— 86 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 606 nafarga yetdi.

Реклама на Unews

Kecha kun davomida:
— Andijon viloyatida 4 nafar, 
— Buxoro viloyatida 12 nafar, 
— Jizzax viloyatida 5 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, 
— Navoiy viloyatida 6 nafar, 
— Namangan viloyatida 8 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 14 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 9 nafar, 
— Toshkent viloyatida 43 nafar, 
— Toshkent shahrida 69 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 69 447 (+175) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2144 nafar bemordan 201 nafari og‘ir, 47 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring