O`zbekistonda kimlarga qanchadan pul berilmoqda? Aniqlik kiritildi

Avval xabar qilganimizdek, Prezidentning «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 258-sonli qarori bilan yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a`zosiga hamda o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga bir martalik yordam beriladi. Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasi mazkur Qaror bo`yicha qo`shicha sharh berdi. 

 

Ma`lum qilinishicha, mazkur qarorga muvofiq davlat byudjeti mablag`lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga va quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi:

 

a)pensiya va nafaqa oluvchilarga - 300 ming so`mdan (Toshkent shahrida 400 ming so`mdan):

Реклама на Unews

 

yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilarga (3087,6 ming kishi);

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik pensiya va nafaqa oluvchilarga (459,4 ming kishi);

bolalikdan nogironlik nafaqasini olish huquqiga ega bo`lgan har bir oila a`zosiga (311,7 ming kishi);

Реклама на Unews

boquvchisini yo`qotganlik pensiya va nafaqa olish huquqiga ega bo`lgan har bir oila a`zosiga (360,9 ming kishi);

o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi uchun nafaqa oluvchilarga (25,6 ming kishi).

b) “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarga beriladigan nafaqa va moddiy yordam oluvchilarga - 200 ming so`mdan;

kam ta`minlangan sifatida bolalar nafaqasi oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to`lmagan bolasiga (4565,0 ming kishi);

kam ta`minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga (84,1 ming oila).

Shu bilan birga qarorga muvofiq bir nechta toifa bo`yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo`layotgan shaxslarga moddiy yordam har bir turi uchun to`lab beriladi. Ya`ni bir oilada ham nogironlik nafaqasi ham “Yagona ijtimoiy himoya reestr” orqali kam ta`minlangan bolalar nafaqasi tayinlangan bolalar bo`lsa, ularga bir martalik moddiy yordam ikki tomonlama beriladi.

Ushbu qaror bilan 8,9 mln aholini qamrab oladi va respublika byudjetidan jami 2,2 trln so`mlik yordam ko`rsatiladi.

Eslatib o`tamiz, aholi orasida hammaga pul tarqatilyapti ekan degan, xabar tarqalishi ortidan Xalq banki kassalari oldida odamlar to`planmoqda. Kuni kecha AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumandi ushbu xabarlar asossiz ekani ma`lum qilindi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring