O‘zbekistonda kambag‘allikka tushganlarning 7 foizida diplom bor

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekistonda kambag‘allikka tushganlarning 7 foizida diplom borligi ma’lum qilindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

“O‘zbekistondagi kambag‘allikka tushganlarning 7 foizi diplomli kambag‘al hisoblanadi. Bu O‘zbekistonda diplomi bor kishining kambag‘allikka tushish ehtimoli past degani”, – dedi Prezident Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy himoya tizimi kambag‘allikni qisqartirishda eng muhim yo‘nalish hisoblanadi. UNICEF tadqiqotlariga ko‘ra, oxirgi uch yilda O‘zbekistonda shakllangan ijtimoiy himoya tizimi kambag‘allikni 39 foizga kamaytirishga xizmat qilgan.

Реклама на Unews

Obid Hakimovning ta’kidlashicha, Jahon banki har oy aholining daromadidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasini baholab boradi. 2018 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11,4 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda bu 7,8 foizga tushishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab O‘zbekistonda qo‘shimcha 450 ming kishining kambag‘allika tushish ehtimoli paydo bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, iqtisodiy taxminlarga ko‘ra 2021 yilda bu ko‘rsatkich 6,2 foizga tushishi ko‘zda tutilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring