O`zbekistonda jami 1 million 380 ming nafardan ortiq aholi COVID-19ga qarshi to`liq emlandi

O`zbekistonda jami 1 million 380 ming nafardan ortiq aholi  to`liq emlandi. 12 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 268 693 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 
Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 216 721 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 42 772 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 9 200 nafarni tashkil qildi.

 ️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 11 651 161 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 8 265 847 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 466 618 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 918 696 nafarni tashkil qildi.  

️Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Qashqadaryo viloyati (49 766 doza),  
  • Surxondaryo viloyati (37 501 doza),
  • Andijon viloyati (25 676 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Farg`ona viloyatida 1 316 604 doza,  
  • Namangan  viloyatida 1 311 393 doza,  
  • Andijon viloyatida 1 241 177 doza
  • Samarqand viloyatida 1 159 830 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring