O‘zbekistonda iyul oyida o‘lim holatlari keskin oshgan

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida qancha o‘lim holati qayd etilgani bo‘yicha O‘zAga statistik ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra iyul oyida nisbatan eng ko‘p, ya’ni 17 ming 369 ta o‘lim holati qayd etilgan,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yil boshidan iyul oyigacha 7 oy davomida 92 ming 26 ta o‘lim hisobga olingan. Oylar kesimida tahlil qilsak yanvar oyida - 11 ming 136 ta, fevral - 13 ming 693 ta, mart - 12 ming 633 ta, aprel - 11 ming 613 ta, may - 11 ming 792 ta, iyun - 13 ming 790 ta, iyul - 17 ming 369 ta vafot etganlar qayd qilingan.

Joriy yilda 6 oy davomida qayd etilgan o‘lim soni 2019, 2018 yillardagi 6 oy ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq bo‘lgan. Jumladan, joriy yilning 6 oyida (yanvar-iyun) 74 ming 657 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring