O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda prezident farmoni bilan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.

Xabarga ko‘ra, 28-mart kuni Prezident Administratsiyasi masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus brifingda yaqin kunlarda davlat rahbari tomonidan imzolangan farmon va qonunlar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Unda Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida farmonni imzolaganini maʼlum qilgan. Mazkur farmonda 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7 foizga oshirilishi belgilangan.

Bunda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 347 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 677 ming so‘m va nogironlik pensiyasi, jumladan, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyaning eng kam miqdori 747 ming etib belgilanmoqda. Nafaqa oshadigan fuqarolar soni 4 000 400 tani tashkil etadi.

Реклама на Unews

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini oshirish bo‘yicha farmonga asosan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 980 ming so‘m etib va ba’zaviy hisoblash miqdori esa 330 ming so‘m etib belgilanmoqda. Bu bilan qariyb 2 mln budjet tashkilotlari: shifoxona, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy sohada ishlaydigan xodimlarning oyligi oshirilmoqda. Bunga umumiy 8,1 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilyapti.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring