O`zbekistonda inson huquqlari bo`yicha Parlament komissiyasi tuzildi

Mamlakatimizda Inson huquqlari sohasida O`zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo`yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda. 

         O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyunda qabul qilingan “Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi farmonida Oliy Majlis palatalariga inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo`yicha parlament komissiyasini tuzish tavsiya etilgandi. 

         Mazkur tavsiyaga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi 2020 yil 25 sentyabrda muhim ahamiyat kasb etadigan qo`shma qaror qabul qildi.Qo`shma qarorga asosan,Inson huquqlari sohasida O`zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo`yicha Parlament komissiyasi tuzildi va uning tarkibi hamda Reglamenti tasdiqlandi.

Реклама на Unews

         Parlament komissiyasining asosiy maqsadi - inson huquqlari sohasida mamlakatimizning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishiga hamda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirishga ko`maklashishdan iborat. 

         Bu jarayonda, xususan:

  • inson huquqlari hamda manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirishda ishtirok etish; 
  • inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy qilish;
  • inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirish;
  • inson huquqlari sohasida milliy harakat rejalarini sifatli bajarish, bunda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo`lga qo`yish alohida ahamiyat kasb etadi.

         Komissiya o`z faoliyati to`g`risida har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida axborot berib boradi.

Реклама на Unews

Parlament komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilik e`tiboriga etkaziladi. 

         O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari Akmal Saidov - Parlament komissiyasi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o`rinbosari ZayniddinNizomxodjaev Parlament komissiyasi raisining o`rinbosari etib belgilandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring