O‘zbekistonda ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon qayta ochilishi ma’lum qilindi

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

2022 yilning 1 choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln. AQSh doll. miqdorida qayta moliyalashtiriladi. Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qo‘shimcha mablag‘lar jalb etilishi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda va 2022 yilning ikkinchi yarim yilligida o‘zlashtirilishining boshlanishi kutilmoqda.

Ayni paytda joriy yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda. Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan resurs talablari asosida ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 2021 yilda 1,9 trln. so‘m ipoteka kreditlari ajratildi, 2022 yil davomida 2,0 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring