O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga olib kelayotgan kasallik ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qayd etilgan o‘limning asosiy qismi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan kasalliklar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

Реклама на Unews

  • qon aylanish tizimi kasalliklari – 74 109 ta
  • nafas olish a’zolari kasalliklari – 12 805 ta;
  • o‘simtalardan – 10 535 ta;
  • baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan – 7 260 ta;
  • ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – 5 264 ta;
  • yuqumli va parazit kasalliklari – 1 976 ta;
  • boshqa kasalliklardan – 18 417 ta.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring