O’zbekistonda COVID-19’dan zararlanganlar soni bo‘yicha antirekord yana yangilandi

Sog‘ayganlar soni bo’yicha rekord qayd etildi,  deb yozmoqda "uznews.uz" nashri.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko’ra, kecha 29 iyul kuni O‘zbekistonda 692 holatda kasallik qayd etilgan bo’lib, shundan 96 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 596 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo’lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
28 iyul kuni jami 684 holatda kasallik qayd etilgan edi.
Kecha, shuningdek, Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Toshkent shahri, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Namangan hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 672 nafar bemor sog‘ayib rekord ko’rsatkich yangilandi. 28 iyul kuni 591 nafar bemor sog‘aygan edi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 22 585 nafar bemordan 12 937 nafari sog‘ayib, davolanish ko’rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 517 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o’ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring