Oʻzbekistonda chaqaloq savdosi avj olishining 3ta asosiy sababi sanab oʻtildi.

Uch yillik holatlar tahlili shuni koʻrsatganki, oʻz chaqalogʻini sotgan ayollarning 31%i ogʻir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli ushbu jinoyatga qoʻl urgan. Ayollarning 17%i shu ish orqali homilasini yashirmoqchi boʻlgan, 52 %i esa bu ishni moddiy manfaat koʻzlab, amalga oshirgan, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Oʻzbekistonda soʻnggi uch yilda chaqaloq savdosidan 114ta bola jabr koʻrgan. Bu haqda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy Komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib borgan ushbu majlisda respublikada chaqaloq savdosining oldini olish, uning kelib chiqish sabablari, omillari va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Реклама на Unews

Xususan, Norboyevaning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda soʻnggi uch yilda chaqaloq savdosidan 114ta bola jabr koʻrgan boʻlsa, ularning 89%i 1 yoshgacha boʻlgan bolalardir.

Majlisda onalar nima sababdan ushbu mudhish jinoyatga qoʻl urishlari sabablari ham aytib oʻtildi.

2027-2020 yillardagi holatlar tahlili shuni koʻrsatganki, oʻz chaqalogʻini sotgan ayollarning 31%i ogʻir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli ushbu jinoyatga qoʻl urgan.

Реклама на Unews

Ayollarning 17%i shu ish orqali homilasini yashirmoqchi boʻlgan, 52 %i esa bu ishni moddiy manfaat koʻzlab, amalga oshirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring