O‘zbekistonda “Ayollar daftari”ga kirganlarga kredit va bir martalik moddiy yordam berilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda “Ayollar daftari”ga kirganlarga kreditlar va bir martalik moddiy yordam berilishi ma’lum qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 8 yanvar kuni bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun BHMning 150 baravarigacha, ya’ni 33 mln 450 ming so‘mgacha kreditlar ajratilishi belgilab qo‘yildi. U 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqtga Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan beriladi. Kredit navbat bilan, xotin-qizlarning familiya, ismi, otasining ismi bo‘yicha beriladi. Shu bilan birga, qarorda ushbu daftarga kiritlgan ayollarga 446 ming so‘mdan 892 ming so‘mgacha bir martalik moddiy yordam berilishi mumkinligi ham belgilab qo‘yildi.

Ushbu moddiy yordam ro‘yxatga kiritilgan ayollarga bir yilda bir marta berilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, daftarga kirgan va ijarada yashayotgan ayollarga turar joy ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring