O`zbekistonda avtomobil yoqilg`isi ishlatganlik uchun yig`im joriy etiladi

Benzin, dizel yoqilg`isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste`molchilarga realizasiya qilishda yoqilg`i birligi uchun maxsus yig`im joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yig`im turini tartiblashtiruvchi nizomni tasdiqlashga oid hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, maxsus yig`im 25 so`mdan ortiq bo`lmagan miqdorda mintaqaviy yo`llarni rivojlantirishga maxsus yig`imni hisoblab chiqarish va to`lash tartibini joriy qilinishi mumkin.

Belgilanishicha, maxsus yig`im miqdorlarini mahalliy hokimliklar belgilaydi.

Реклама на Unews

Bunda hokimliklar:

maxsus yig`im miqdorlari bo`yicha takliflarni keng jamoatchilik muhokamasi asosida;

muayyan ma`muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib;

Реклама на Unews

O`zbekiston Moliya vazirligi bilan kelishgan holda;

kelgusi yillar uchun Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarini tuzish va ko`rib chiqish bilan bog`liq muddatlarda;

Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ma`qullangandan so`ng Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlariga asosan belgilaydi.

So`ng hokimliklar maxsus yig`im miqdorini Davlat soliq qo`mitasining hududiy boshqarmalariga va hududiy moliya boshqarmalariga hamda avtomobillarga yonilg`i va gaz quyish stansiyalariga ijro uchun yuboradilar.

Avtomobilga yonilg`i va gaz quyish stansiyalari Davlat soliq qo`mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan etkazilgan maxsus yig`im miqdorlarini avtomobil benzini, dizel yoqilg`isi, suyultirilgan va siqilgan gazni chakana narxi ustiga qo`shib realizasiya qiladi.

Eslatib o`tamiz, mazkur yig`im turi 2019 yil 1 yanvarga qadar ham amalda bo`lgan. O`shanda benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq o`rniga oxirgi iste`molchiga benzin, dizel yoqilg`isi va gazni realizasiya qilayotganda undiriladigan aksiz solig`i joriy etilgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 08-11-2020 Абдукодир

    Тушинмайман юукорида турганларди килайдиган Иши йукми кочон караманг халкди тунаш пайида Унинг учин шохобчалардаги ёоклги нархларини мунтазам нозарат килиб турса яахши буларди Хозир 4500 сумдан газ олаяапмиз бу дегани халкди купа кундиз тунаш эмасми .кочонгача халкди эзасилар хар куни бита Яанги конун чикаверманглар

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish