O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi

O‘zbekistonda 2020 yilning o‘tgan 9 oyida 217 771 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 2019 yilning shu davrida 186 432 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida hisobotida ko‘rsatilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida 59 252 dona Cobalt, 52 689 dona Nexia T-250, 39 960 dona Lacetti-Gentra, 39 631 dona Damas, 19 980 dona Spark hamda 6 259 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 4 028 dona, 2020 yilda - 2 936.

Реклама на Unews

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2020 yilda - 174,5 ming dona dvigatel chiqarilgan, 2019 yilda esa 140,2 mingta.

2020 yil yanvar-sentyabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etdi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,7 foizga kamaygan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 21-10-2020 Ikromjon

    Buni bizga umuman qizigʻi yoʻq.Chunki baribir ular qimmat. Xattoki chetdan kelgan mashinalar xam qimmat kirib kelyapti. Blogerlar arzimagan narsani katta qilib koʻrsatyapti xolos aslida hech nima oʻzgarmadi

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish