BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda 10 iyuldan karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi rostmi?

Turli manbalarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sabab O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri.

Unga ko‘ra, respublika miqyosida avtotransportlar harakati cheklanadi. Hududlararo qatnovlar ham to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari rejaga ko‘ra,

Madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar, oilaviy yig‘inlar va to‘ylar, tomoshalar to‘liq taqiqlanadi. 
Umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxonalar) yopiladi. 
Parklar, istirohat bog‘lari, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, sport zallari, sanatoriylar, bolalar oromgohlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtatiladi.

65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida yurishi, aholining ko‘cha va maydonlarda uch kishidan ortiq to‘planishi ham taqiqlanishi kutilmoqda.

Ushbu cheklovlar bo‘yicha maxsus komissiya qarori chiqishi kutilmoqda.

RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida:

a) quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

 avtotransport vositalarining harakati cheklandi;

 davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta'sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;

 davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o’tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o’tkazish belgilandi;

 hududlar o’rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);

 tomosha, madaniy-ko’ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o’tkazish taqiqlandi;

 to’y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o’tkazish taqiqlandi;

 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko’chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo’lib harakatlanishi cheklandi.



b) quyidagi ob'yektlar faoliyati to’xtatildi:

parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;

 buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do’konlar;

 sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;

 tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o’quv kurslari va har qanday to’garaklar;

umumiy ovqatlanish ob'yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (etkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

 sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;



v) xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog‘liq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:

 xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;

xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo’yicha test topshiradi.

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

SHu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish ob'yektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:

tegishli ob'yektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;

ob'yektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta'minlanadi;

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob'yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;

ob'yektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta'minlash.

Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etilgan edi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

✔️koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;

✔️karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;

✔️test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi).

❗️Kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash, shuningdek, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni uy sharoitida karantinga olish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining qarorida quyidagilar belgilandi:

uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda bemorlar bilan aloqada bo‘lib, uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi belgilandi;

aholiga, shu jumladan, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu-kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi Call-center faoliyati yo’lga qo‘yiladi;

uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

❗️Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasiga(dan) yo’lovchi tashish bo‘yicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

‼️Cheklovlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatiladi hamda mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Gulnora Karimova 48 yoshini qamoqda qarshiladi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bugun, 8 iyul kuni 48 yoshni qarshiladi. Karimova ayni vaqtda qilgan jinoyatlari qonun oldida javob bergan holda qamoq muddatini o‘tamoqda. Bu haqda "qalampir.uz" xabar berdi,  deb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli jazoni o‘tash Koloniyasida saqlanmoqda. U koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni olib kelingan va 7-otryadning 2-sektoriga (umumiy rejimdagi) joylashtirilgan. Joriy yilning 18 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.  O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi. Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. Sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilandi. Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi. Xususan, sud hukmiga ko‘ra, N. Sodikovga 20 yil, O. Sviridovga 17 yil 3 oy, A. Ergashevga 18 yil 1 oy, SH. Sabirovga 17 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, G. Avakyanga 3 yil sinov muddati bilan 5 yil 3 oy 21 kun shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. J. Abduraxmanov va B. Teshabayev esa javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilindilar. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring