Oʻzbekistonda 1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qaror bilan ertadan alkogol mahsulotlari narxi oshadi,  deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Oʻzbekistonda 1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi. Tegishli qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:

Реклама на Unews

vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 soʻm (ilgari 8 600 soʻm);
  • eng kam chakana narx – 11 200 soʻm (ilgari 10 200 soʻm).

konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 soʻm (ilgari 31 000 soʻm);
  • eng kam chakana narx – 39 000 soʻm (ilgari 36 600 soʻm).

aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

Реклама на Unews

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 soʻm (ilgari 22 000 soʻm);
  • eng kam chakana narx – 28 500 soʻm (ilgari 26 000 soʻm).

Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring