O`zbekiston Xitoy vaksinasining hammuallifi sifatida tan olindi

ZF2001 – hozirgacha Xitoy vaksinasi deb atalayotgan ushbu emlash vositasi tez orada O`zbekistonda ZF-UZ-Vac2001 nomi bilan tarqatilishi kutilmoqda. Innovasion rivojlanish va Sog`liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo`shgan hissasini inobatga olib, O`zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ding Fan, Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasining O`zbekistonda klinik sinovlari uchun mas`ul mutaxassisi:

Ma`lumki, ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza xalqaro klinik sinovlari bilan bog`liq tadqiqot davom etmoqda va dastlabki natijalarga ham erishildi. 16.02.2021 y. holatiga O`zbekistonda 6823 nafar ko`ngilli vaksinaning 1-dozasi, 2556 nafar ko`ngilli vaksinaning 2-dozasi va 6 nafar ko`ngilli 3-doza bilan emlandi. COVID-19ga qarshi immunitetni shakllantirish va koronavirus tarqalishini oldini olish uchun aholini zudlikda ommaviy emlash talab etiladi. Bunda O`zbekiston ZF2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat (EUA) berishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda.

Реклама на Unews

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish va Sog`liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo`shgan hissasini inobatga olib, O`zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi, ya`ni ilmiy jarayonlarda teng sherik sifatida tan olindi. Shuningdek, O`zbekiston bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish, yangi vaksinalarni yaratish, tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish bo`yicha ishlarni davom ettiramiz. O`z navbatida vaksinalardan favqulodda foydalanish uchun O`zbekistonga ustuvorlik beriladi. Ayni vaqtda ZF2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat olish va rasmiy ro`yxatdan o`tish bo`yicha hamkorlikda ishlanmoqda. Rasmiy jarayonlarda so`ng vaksinamiz O`zbekiston Respublikasida ZF-UZ-Vac2001 nomi bilan tarqatiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring