BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O`zbekiston va Rossiya hamkorlikda "Masjid" hujjatli filmini suratga oladi

O`zbekiston va Rossiya hamkorlikda «Masjid» hujjatli filmini suratga oladi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Sankt-Peterburgdagi «Lendok» hujjatli filmlar studiyasi o`rtasida Toshkent kinofestivalining biznes dasturi doirasida memorandum imzolandi.

Film Rossiyaning shimoliy poytaxti va Buxoroni o`zaro bog`lagan Buxoro amirlari haqida hikoya qiladi.

“Ushbu imzolanayotgan memorandumga keladigan bo`lsak, «Masjid» nomli mazkur hujjatli film Sankt-Peterburg shahrida masjid qurilishi haqida hikoya qiladi. Shahrimizda bo`lganlar masjid shaharning har tarafidan ko`rinib turinishini  bilishadi. Uning qurilish tarixi juda hayratlanarli. U barcha mamlakatlar musulmonlari yordamida qurilgan. Bizning vazifamiz katta film yaratish va u orqali Sankt-Peterburg shunchaki masjid mavjud bo`lgan joy emas, balki u biz bilan do`st bo`lgan va biz tashrif buyuradigan barcha mamlakatlar musulmonlari uchun do`stona maskan ekanligini ko`rsatishdir,” - deydi «Lendok» direktori Aleksey Telnov.

“Yirik hujjatli filmlar kinostudiyalaridan biri «Lendok» bilan hamkorlik Yangi O`zbekistonda kinematografiya sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlarni yana bir bor namoyon etmoqda. Xalqaro hamkorlikning kengayishi, jahon kinoijodkorlari va hujjatli film ustalari uchun eng qulay shart-sharoit yaratilayotgani bu boradagi ishlar yuksak samaralar berayotganini ko`rishimiz mumkin. Buni sohaga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Respublikamiz hukumati tomonidan ko`rsatilayotgan e`tibor va qo`llab-quvvatlov samarasidir,” – dedi XIV Toshkent kinofestivali Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

Ta`kidlab o`tish joizki, 15 sentyabr kuni “O`zbek kuno kuni” doirasida dunyoning bir qator davlatlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan, jumladan, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmanistondan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.

Tadbirlar va filmlar namoyishining to`liq jadvali bilan faqatgina kinofestival tashkilotchisining rasmiy sayti – tiffest.uz orqali tanishish mumkin.

Fikr qoldiring