O`zbekiston va Rossiya energetika vazirlari hamkorlik jarayonini muhokama qildi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov 14 dekabrda Moskva shahriga amaliy tashrifi chog`ida Rossiya Federasiyasining qayta tayinlangan Energetika vaziri Nikolay Shulginov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O`zbekiston energetika kompaniyalarining ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarini raqamlashtirish hamkorlikning yangi va muhim yo`nalishlaridan biri, shuningdek energetika sohasidagi hamkorlik ham muhim ekanligi ta`kidlandi.Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot uchun, bugungi kunda O`zbekiston gidroenergetika sohasida RF Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy qo`magida 5 ta loyiha amalga oshirilyapti. Yangi mini GES (Darg`om kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va To`palang GESlarning modernizasiyasi shular jumlasidan. Gidroenergetika sohasidagi yana bir qator loyihalar bo`yicha hamkorlik qilish masalasi muhokamada.

Реклама на Unews

Ikki mamlakatning neft va gaz sohasidagi hamkorligi uzoq yillik tarix va muhim istiqbollarga ega. «LUKOYL» kompaniyasi tomonidan ikki MTB (mahsulot taqsimotiga doir bitim) doirasida «Qandim» va «Hisor» konlarida 2004-2020 yillarda 84,4 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olindi. Mazkur loyihalar bo`yicha o`zlashtirilgan investisiyalar miqdori 7,4 milliard dollardan oshdi.

«Gazprom» kompaniyasi bilan «Shohpaxta» va «Jel» konlarida qazish ishlari olib borilyapti. Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko`ra, «Shohpaxta» konidan 4,53 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olingan. Bundan tashqari, «Mustaqillikning 25 yilligi» koni bo`yicha MTBni amalga oshirish doirasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilyapti.

«LUKOYL» OAJ bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo`yicha QK tashkil qilish jarayoni davom etyapti. Hozirgi vaqtda potensial sarmoyaviy bloklar ko`rib chiqilayotgani aytilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring