O`zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

O`zbekiston yuborgan 34 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami Ukrainaning Zakarpatska viloyatidagi Evropa gumanitar markazlaridan biriga etib keldi, deya xabar berildi Zakarpatska viloyati rasmiy saytida. 

Viloyat rahbari Viktor Nikitaning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston dori-darmon, yakka tartibda tibbiy yordam ko`rsatish qutilari, uzoq muddat saqlash uchun oziq-ovqat va boshqalar yuborgan. 

“Yuk samolyotda etib keldi, keyin Zakarpatskaga etkazildi. Bu biz harbiy holat sharoitida qisqa muddatda yo`lga qo`ygan logistika samaradorligini yana bir bor isbotlaydi. Gumanitar yordam zudlik bilan "qaynoq nuqtalarga" jo`natiladi ", deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Viktor Mikita O`zbekiston hukumatiga ko`rsatayotgan yordami, Ukrainaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish va samarali gumanitar yo`lak tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

"Ishonchim komilki, bu aloqalar samarali hamkorlikni davom ettirishimizga imkon beradi, – dedi Zakarpatska rahbari.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring