O‘zbekiston Tojikistonda koronavirusga chalinganlar uchun taqsimlovchi ob’ekt qurmoqchi. Uning jihozlanishiga “O‘zbekneftgaz” mas’ul

O‘zbekiston Tojikistonda koronavirus kasalligiga chalinganlar uchun taqsimlovchi ob’ekt qurishini rejalashtirmoqda. Bu haqda Aziya-Plyus nashri xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur ob’ekt respublikaning Xatlon viloyati Kubodiyon tumanida barpo etiladi. Manbaning ma’lum qilishicha, 2018 yilda Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi davomida ushbu kelishuvga erishilgan bo‘lgan. U 2021 yilning bahorida bemorlarni qabul qila boshlashi rejalashtirilmoqda. Mazkur ob’ektda fuqarolar tezkorlik bilan koronavirusga test topshiradi va uning natijasiga ko‘ra viloyatdagi shifoxonalarga jo‘natiladi. Bunday ob’ektning muqobili hozircha Tojikistonda yo‘q.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, ushbu ob’ektni jihozlash ishlari bilan “O‘zbekneftgaz” shug‘ullanadi. Ta’kidlash joiz, ikki davlatning kelishuviga asosan 2020 yilda So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi maktab qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. O‘z navbatida, bularga javoban Tojikiston Samarqandda 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab va Farg‘onada bolalar bog‘chasi qurib beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Bishkek va Chuy viloyatida O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilib qurilgan shifoxonalar ochilgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 05-01-2021 cayot

    Benzin narhi yana ko'tarilar ekande🤨🤨🤨

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish