Oʻzbekiston Rossiyaga gaz yetkazib berishni toʻxtatdi

Respublika tabiiy gaz va umuman, barcha xom ashyolarni chuqur qayta ishlash va monetizatsiya yoʻlidan ketmoqda, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. 

 Oʻzbekiston COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli Rossiyaga gaz eksportini butunlay toʻxtatdi, Xitoyga esa gaz eksportini uch baravar kamaytirdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda muhokama qilindi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston 24” telekanali.

Yigʻilishda qayd etilganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tabiiy gazning Xitoyga eksporti uch baravar kamaytirildi, Rossiyaga esa butunlay toʻxtatildi.

Реклама на Unews

“Davlatimiz xom ashyoni chuqur qayta ishlash va monetizatsiya qilish yoʻlidan ketmoqda. Import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish choralari koʻrilmoqda”, - deb xabar berishdi prezident matbuot xizmatida.

Yigʻilishda, shuningdek, davlat rahbari video-aloqa orqali neft-gaz va kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2019 yilda gaz eksportini 2018 yilga nisbatan 15 foizga oshirishni rejalashtirgan. Eksport tarkibida oʻzbek gazini Xitoyga yetkazib berish hajmi qariyb 10 milliard kubometrni, Rossiyaga toʻrt milliard kubometrni tashkil etadi, qolgan qismi Markaziy Osiyoning qoʻshni mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Joriy yil uchun gaz eksporti prognozlari oshkor qilingani yoʻq. Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekistonda tabiiy gaz qazib olish 2018 yilga nisbatan 1,6 foizga kamayib, 59,46 milliard kubometrni tashkil etdi, bu yilda qazib olishni 7,2 foizga, 63,8 milliard kubometrgacha oshirish rejalashtirilmoqda.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring