Oʻzbekiston Rossiyadan 35 million dona "Sputnik V" vaktsinasini sotib oladi

Oʻzbekiston farmakompaniyasi Rossiyadan 35 million dona "Sputnik V" vaktsinasi sotib olish haqida kelishuvga erishdi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi (RFPI) va Oʻzbekistonning LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi 35 mln. doza "Sputnik V" vaktsinasi yetkazib berishga kelishib olishdi, deb xabar qildi RFPI. 

"Oʻzbekiston taaluqli organlari vaktsinani belgilangar tartibda roʻyxatdan oʻtkazganidan soʻng, 2020 yilda Respublikaga 10 million doza vaktsina va 2021 yilda yana 25 million  doza vaktsina yetkazib beriladi", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, koronavirusga qarshi dunyoda birinchi yaratilgan "Sputnik V" vaktsinasi Rossiyaning Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan. Yangi vaktsina 11 avgust kuni Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatga olindi. Ayni damda uning 3-bosqich, yakuniy sinovlari boʻlib oʻtmoqda. 

Реклама на Unews

Ayni damda RFPI 2020-2021 yillar uchun dunyoning 50dan ortiq mamlakatlarida "Sputnik V" vaktsinasi uchun 1,2 milliarddan ortiq buyurtma olgan. Xususan, Hindistonga -100 mln., Meksikaga - 32 mln., Braziliyaga 50 mln. dona vaktsina yetkazib berish haqida kelishib olingan. 

LAXISAM - Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi yirik farmatsevtika kompaniyasi boʻlib, u oʻzining ishlab chiqarish korxonalari va dorilar yetkazib berish tarmqgʻiga ega.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring