O`zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan ikki vaksina JSST ro`yxatiga kiritildi

Koronavirusga qarshi O`zbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan 2 vaksina JSST nomzod-vaksinalar ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi xabar berdi. 

O`zbekiston Respublikasi olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina – Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazining koronavirus  S oqsili asosidagi rekombinant vaksinasi  hamda Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazining SARS-Cov-2ning oqsil bo`lagining uch sohasi: pcDNA3. 1 (+) plazmidasiga qo`yilgan NTD, RBD va HR1-HR2 vaksinasi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro`yxatiga kiritildi. Mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o`tmoqda.

JSSTning ma`lumotlar bazasi COVID-19 vaksinasiga qarshi vaksina-nomzodlari to`g`risida to`liq ma`lumotlarni yig`ib boradi. Mazkur baza muntazam ravishda – haftasiga ikki marta yangilanadi. Unda COVID-19ga qarshi nomzod-vaksinalarning klinik va klinik oldi jadvali keltirilgan bo`lib, nomzod-vaksinalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir vaksinaning 1-faza, 2-faza va 3-faza sinovlari kuzatiladi. Vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi to`g`risidagi ilmiy maqolalarga havolalar beriladi. Shuningdek, bu baza har bir nomzod-vaksinaning asosiy xususiyatlari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. O`z navbatida mazkur platforma orqali COVID-19 qarshi yaratilayotgan vaksinalar turli kriteriylar, xususan vaksina platformasi, vaksinasiya grafigi, qo`llash usuli, ishlab chiqaruvchisi, sinov fazasi, klinik natijalar bo`yicha tasniflangan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring