O`zbekiston kubogi: “Paxtakor” dastlabki yarim finalchiga aylandi

O`zbekiston kubogi chorak final uchrashuvlariga start berildi. Dastlabki bahs Toshkentdagi “Jar” o`yingohida o`tkazildi.

Superliganing navbatdagi chempionligini qo`lga kiritgan “Paxtakor” mazkur bosqichda Pro-liga ishtirokchisi “Olimpik”ga arshi maydonga tushdi. Shiddatli va murosasiz kechgan qarama-qarshilikda yagona gol o`yin taqdirini hal qildi. 64-daqiqada “Paxtakor” safida Abrorbek Ismoilov tomonidan kiritilgan to`p “sherlar”ning yarim finalga yo`llanma olishini ta`minladi.

Shu tariqa, “Paxtakor” yarim final bahsida maydonga tushadi. “Bunyodkor” va “Surxon” uchrashuvi g`olibi final oldi bosqichda “Paxtakor”ga raqib bo`ladi.

Реклама на Unews

O`zbekiston kubogi, ¼  final

“Olimpik” – “Paxtakor” – 0:1

Gol: Abrorbek Ismoilov (64)

Реклама на Unews

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring