O`zbekiston hukumati vaksina sotib olishga mablag` ajratish masalasini ko`rib chiqmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupalievning ma`lum qilishicha, O`zbekiston hukumati hozirda koronavirusga qarshi vaksina sotib olishga mablag` ajratish masalasini ko`rib chiqmoqda.  

Uning so`zlariga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi va hukumat emlash masalasi ustida ishlamoqda.

«Bir qator davlatlar, shu jumladan Xitoy bizga vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etishni taklif qildi. Hozirda hamkasblar sinovlarda ishtirok etish yoki barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangandan so`ng vaksinani sotib olish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqishmoqda.

Реклама на Unews

 "Shuningdek, biz Rossiya vaksinasini ham o`rganmoqdamiz. Biz aholini emlash uchun preparatlarni o`z vaqtida sotib olishga tayyormiz», – dedi u.

 Bahodir Yusupalievning qo`shimcha qilishicha, Rossiya vaksinasi bo`yicha mutaxassislar va hukumat darajasidagi muhokamalar jarayoni davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring