O`zbekiston hududiga Erondan juda iliq havo massalari kirib kela boshlaydi

Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, bugun respublikamizning janubi-sharqiy qismi baland siklon ta`siri ostida bo`ladi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida va tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 29-34° atrofida bo`ladi.

25 mayda baland siklon ta`siri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, shamol 17-22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

26 maydan O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37° gacha, janubda va cho`l hududlarda 38-40° gacha ko`tariladi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko`p bo`ladi.

Реклама на Unews

O`zgidromet 24-27 may kunlarida respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida mahalliy yomg`irlar yog`ishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantiradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring