Oy boshiga nisbatan 16,4 % ga oshgan. Iyun oyining 10 kunida O`zbekistondagi shakar naxi bo`yicha tahlil e`lon qilindi

Qishloq xo`jaligi vazirligi iyun oyining 10 kunida O`zbekistondagi shakar naxi bo`yicha tahlilni e`lon qildi. 

 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 1 iyun kungi Tovar-xomashyo birja savdolariga qo`yilgan bir tonna shakarning narxi 12 500,1 ming so`mni tashkil etgan bo`lsa, 10 iyun kungi birja savdolarida shakarning narxi 14 554,5 ming so`mga etdi va oy boshiga nisbatan 16,4 % (2 054,4 ming so`m)ga oshgan. Ushbu davr mobaynida shakarning o`rtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 13 108,4 ming so`mdan iborat bo`lgan.

 
 

1-10 iyun kungi birja savdolariga jami 19 646,0 tonna shakar qo`yilgan bo`lib, bir kunlik savdolarga o`rtacha 2 455,8 tonnadan to`g`ri keldi. Jumladan, oy boshida 3 000 tonna shakar birja savdolarida sotilgan bo`lsa, 10-iyun kungi savdolarda 2 002 tonna yoki 33,3 % (998 tonna) kam shakar realizasiya qiligan.

Реклама на Unews

2022 yil iyun oyining dastlabki o`n kunligida Respublika Tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakarning minimal bahosi bir tonna mahsulot uchun 11 984,7 ming so`mni, maksimal narxi 14 554,5 ming so`mni tashkil etdi va o`rtacha narx esa 13 108,4 ming so`mdan to`g`ri keldi.

Shuningdek, birja savdolarida taklif etilgan shakarning eng kam hajmi 7-8-iyun kunlari ( 2000 tonnadan) kuzatilgan. Eng ko`p hajmi (3072 tonna) esa 3 iyun kungi savdolarga to`g`ri kelgan. Ushbu davr oralig`ida bir kunlik savdolarda o`rtacha 2 456 tonnadan shakar sotilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring