OTMlarda har yilgi qishki ta`til sanalarini o`zgartirish taklif qilindi

«Oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchilarning har yilgi qishki ta`tili to`g`risida»gi Prezident farmoni loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo`yildi.

Unda O`zbekiston professional ta`lim muassasalari o`quvchilari va oliy ta`lim muassasalari talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta`til muddatini o`zgartirish taklifi berildi.

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, ta`lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi o`n kunligi va yanvar oyining birinchi o`n kunligi (20 dekabr–10 yanvar) oralig`ida O`zbekiston professional ta`lim muassasalari o`quvchilari va OTM talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta`tilini o`tkazish bo`yicha takliflari ma`qullanishi ko`rsatilgan. Ta`lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari mavjud sharoitdan kelib chiqib o`quvchi va talabalarga ta`til berish muddatini o`zgartirish huquqiga ega.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Transport vazirligi, «O`zbekiston temir yo`llari» AJ va «Uzbekistan Airways» AJ ta`lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining qishki ta`tilni e`lon qilish haqidagi buyruqlari va buyurtmanomalari asosida qishki ta`til boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chiptaning to`liq qiymatidan 50 foizli chegirma to`lovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yo`lovchi poezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalar sotuvini tashkil etadi.

O`quvchi va talabalarning yo`nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun ham imtiyozli chiptalar taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring