O`tgan haftada dunyo bo`yicha qariyb 10 ming kishi koronavirus oqibatida hayotdan ko`z yumdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti er yuzidagi epidemiologik vaziyat bo`yicha navbatdagi hisobotini e`lon qildi. Unga ko`ra, o`tgan haftada dunyoda 5,7 million nafardan ziyod kishi koronavirusga chalinib, 27 iyun — 3 iyul sanalariga nisbatan 6 foiz o`sish qayd etilgan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati yozmoqda.

 

Sezilarli pasayish dinamikasi faqat Afrika mamlakatlarida kuzatildi. Bu qit`ada avvalgi haftaga qiyoslaganda kasallanishlar miqdori 33 foizga kamaydi. Dunyoning qolgan hududlarida esa bemorlar soni ko`payishi kuzatildi. Xususan, eng yuqori o`sish sur`ati G`arbiy Tinch okeani mintaqasi davlatlari hissasiga to`g`ri keldi — 28 foiz.

 
 

Sharqiy O`rta er dengizi mintaqasiga qarashli mamlakatlarda esa bu boradagi raqamlar 25 foizni tashkil etdi. Xuddi shunday mazkur hududda SOVID-19dan o`lim ko`rsatkichlari ham 78 foizga oshdi. Janubi-Sharqiy Osiyoda esa kasallik tufayli hayotdan ko`z yumganlar soni 23 foizga ko`paydi.

Реклама на Unews

Umuman, 4-10 iyul sanalarida jahon bo`yicha 9,8 mingga yaqin kishi koronavirus qurboniga aylandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring