O`qituvchilarning mehnat ta`tili pullari nega kechikyapti? XTV oydinlik kiritdi

Mehnat ta`tili to`lovi kechikayotganligi yuzasidan RASMIY BAYoNOT

Xalq ta`limi vazirligiga o`qituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat ta`tili to`lovi kechikayotganligi va kamaytirib to`lash holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.  

 

Mazkur masalaga vazirlik matbuot xizmati oydinlik kiritdi.

Реклама на Unews

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilda pedagog xodimlarga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta`tili berilib, bir yil davomida to`liq ishlagan o`qituvchilarga 48 kun hisobidan to`liq mehnat ta`tili pullari to`lab beriladi.  

Ishga kirganiga bir yil bo`lmagan o`qituvchilarga esa mehnat ta`tili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda to`lanadi (Bunda mehnat ta`tili davri 48 kundan iborat bo`ladi).  

Bugungi kunda "UzASBO" dasturiy majmuasida mehnat ta`tili to`lovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tezkor ravishda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklandi.  

Реклама на Unews

Bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat ta`tili to`lovlari to`lab boriladi.  

"Mehnat ta`tili to`lovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 Ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin", - deyiladi xabarda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring