O'qituvchilarning karantin vaqtida "ta'til pullari" haqida ma'lumot berildi.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘qituvchilarga yillik asosiy mehnat ta’tili uchun to‘lanadigan pul miqdori kamaymaydi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Unga ko‘ra, o‘qituvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan savollardan kelib chiqib, xodimlarga yillik asosiy mehnat ta’tili uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun o‘rtacha ish haqini hisoblashda Direktor jamg‘armasidan to‘langan to‘lovlar inobatga olinmasligi xavotir solmoqda. Shu munosabat bilan, ta’til pullarini kamayib ketishini oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma xati yuborilgani ma’lum qilindi.

"O‘quv yili yakunlangani munosabati bilan mamlakatimizdagi ta’lim sohasida faoliyat olib boradigan xodimlar, jumladan, o‘qituvchilarimiz mehnat ta’tiliga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bir qatorda, hozirgi kunda vazirlikka kelayotgan ko‘plab murojaatlardan hamda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan savollardan kelib chiqib, xodimlarga yillik asosiy mehnat ta’tili uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun o‘rtacha ish haqini hisoblashda Direktor jamg‘armasidan to‘langan to‘lovlar inobatga olinmasligi xavotir solmoqda.

Реклама на Unews

Shu munosabat bilan hamda xalq ta’limi tizimi xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va ta’til pullarini kamayib ketishini oldini olish maqsadida, tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarining mehnat ta’tili to‘lovlarida Direktor jamg‘armasidan amalga oshirilgan to‘lovlarni ham inobatga olinishi bo‘yicha ko‘rsatma xati taqdim etildi (ilova qilinadi", deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik taqdim etgan xatda Direktor jamg‘armasi va Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan barcha to‘lovlar inobatga olinishi ta’kidlangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring