O‘qituvchiga “tashlanish”dan ko‘pchilik uyalmay qo‘ydi – Norboyeva ota-onalarga murojaat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila norboyeva ota-onalarga murojaat yo‘llab, bolalarni o‘qituvchilarni hurmat qilishga o‘rgatish kerakligini aytib o‘tdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Barchamiz – onamiz, otamiz va o‘z farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ulmiz. Lekin tan olib aytishimiz kerak, bugungi o‘quvchi ham, ota-onalar ham kechagi emas.

Qo‘pol eshitilgani bilan aslida teran ahloqiy ma’noga ega bo‘lgan “Eti sizniki, suyagi bizniki”, degan gaplarga, afsuski, eskilik sarqiti sifatida qaralmoqda. Maktablarda erkak o‘qituvchilarning kamayib ketgani ham katta muammo, aslida.

Реклама на Unews

Farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib o‘qituvchiga “tashlanish”dan ko‘pchilik ota-onalar uyalmay qo‘ydi.

Bu esa jamiyatda o‘qituvchi maqomining obro‘sizlanishiga olib kelmoqda.

Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: farzandim hayotda o‘z o‘rnini topishda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson bo‘lib voyaga yetsin desangiz bolangiz qalbida o‘qituvchiga ehtirom hissini tarbiyalang va  o‘zingiz  ham  ustozlarni  e’zozlang.

Реклама на Unews

O‘qituvchi o‘quvchi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvchi inson, kerak  bo‘lsa  hammadan  bir  pog‘ona  yuqori  turuvchi  shaxsdir.

Albatta, qonunda javobgarlik belgilab qo‘yish bilan bu kabi muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi”, dedi Tanzila Norboyeva.

Senat raisi bu ijtimoiy ong darajasiga yetishi, umummilliy harakatga aylanishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring