O‘qituvchi attestasiyadan o‘ta olmasa malaka toifasidan tushiriladimi?

— Men maktabda dars beraman. Pensiya yoshidagi o‘qituvchiman, menga o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari agar attestasiyadan o‘tmasam toifam tushirilishini aytyapti. Aytingchi shu to‘g‘rimi?

Ushbu savolga Xalq ta’limi vazirligi javob berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Yo‘q, noto‘g‘ri. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pensiya yoshida bo‘lgan pedagog kadrlari attestasiyaga o‘z xohishiga ko‘ra jalb etiladi. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-sonli «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandida belgilab qo‘yilgan.

Реклама на Unews

Attestasiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari ta’lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qolinadi», deyiladi vazirlik axborotida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring