BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

OnePlus hali taqdim etmagan arzon smartfon do‘konga chiqdi: rasmiy video va suratlar!

Kuni kecha biz «Aslo qotmas» smartfonlar chiqarib kelayotgan OnePlus kompaniyasining yangi modeli suratlari va videosini e’lon qilgan edik. Endi esa Amazon onlayn do‘konining Hindistondagi saytida uning sahifasi paydo bo‘ldi!

Mazkur arzon smartfonning OnePlus 8 Lite yoki OnePlus Z deb nomlanishi kutilayotgan edi. Ammo kompaniyaning o‘zi Twitter’dagi rasmiy akkaunti orqali uning OnePlus Nord deb atalishini aytgan.

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, OnePlus Nord shisha korpusga va modullari tikka joylashgan kvadrokameraga ega. Kompaniya uni ovoz rejimlarini almashtirish tugmachasi bilan ta’minlagan. Smartfonning ekrani tekis (chetlari qayrilmagan) bo‘lib, yuqori chap burchagida qo‘shaloq selfi-kamera uchun tirqish mavjud.

Eslatib o‘tamiz, OnePlus Nord beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Snapdragon 765G protsessori bazasida, 12 gigabaytgacha hajmli tezkor xotira bilan ishlaydi. Uning diagonaliga 6.55 dyuymlik AMOLED-displeyi 90 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning akkumulyatori 4300 mA/soatlik bo‘lib, 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadi.

Shuningdek, kompaniya OnePlus Nord modelini quyidagi videoda ko‘rsatgan:

⁰Mish-mishlarga ko‘ra, OnePlus bu arzon smartfonini 7 yoki 10 iyulda taqdim etadi. Ushbu gadjet iPhone SE 2020 kushandasi sifatida maydonga tushishi aytilmoqda.

Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarning namoyish kunini rasman aytgan. Biz esa Galaxy Note 20 Ultra ishlatib, xususiyatlari tushuntirib ko‘rsatilgan videoni ham ulashganmiz. Xabaringiz borki, janubiy koreyalik korporatsiya o‘zining flagmanlarini, qaysi hudud bozorida sotilishiga qarab, ikki xil protsessor bilan chiqaradi. Bulardan biri Qualcomm kompaniyasining tegishli vaqtdagi eng kuchli chipseti bo‘lsa, ikkinchisi – Samsung o‘zi ishlab chiqarayotgan Exynos platformalaridir. Masalan, Galaxy S20 turkumi vakillarida Snapdragon 865 hamda Exynos 990 protsessorlari qo‘llangan. Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q. Taniqli insayder Maks Vaynbax (Max Weinbach) ham shuni ta’kidlamoqda: uning qo‘lidagi One UI 2.5 proshivkalarida Snapdragon 865+’dan boshqa biror yangi chipset haqida m’lumot yo‘q. Bu degani – ayrim mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan Galaxy Note 20 smartfonlari o‘sha eski Exynos 990 chipseti bazasida ishlaydigan bo‘ladi! Tabiiyki, bu potensial xaridorlarning hafsalasini pir qiladi; zero, Exynos 990 samaradorlik va boshqa jihatlar bo‘yicha hattoki hozirgi flagmanlarda ishlatilayotgan Snapdragon 865’ning o‘zidan ham ancha orqada. Buni avvalroq AnTuTu jamoasi e’lon qilgan protsessorlar reytingi ham yaqqol ko‘rsatib bergan. Shu yilning bahorida janubiy koreyaliklar Exynos 992 chipsetini tayyorlayotgani haqida xabarlar chiqqandi, lekin ular rasmiy tasdig‘ini topganicha yo‘q.
OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video) OnePlus 8 Pro telefoni foydalanuvchilari qurilmaning kamerasi yupqa plastik ortidagi narsalarni ko‘rsatishga qodirligini payqadi, deb yozadi Meduza. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun smartfonning kamerasini yoqib, infraqizil nurlanishni qayd etuvchi fotoxrom filtrga o‘tilsa, kifoya. Ushbu xususiyatga Reddit foydalanuvchilari hamda latviyalik texnobloger Ben Geskin e’tibor qaratdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. Geskin kamerani Apple TV pristavkasi va Oculus Quest VR-shlemida sinab ko‘rdi. «OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi. Mana bu Oculus Quest’da qanday ko‘rinadi».      «Mana eng yaxshi misollardan biri. OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi».     Ayrimlar pult tarkibini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi. Kameraning plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatish xususiyati kiyimlarga nisbatan ishlamasligi kerak, aslida. Biroq AndroidPIT texnologik nashri jurnalistlari qora futbolka ichiga yashirilgan qog‘ozni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.   Mirzo Ulug‘bek tumanida karantin cheklovlariga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi Tezkor! Rossiya koronavirus epidemiyasini to‘xtatganligini ma’lum qildi Britaniyaning Sonantic startapi sun’iy intellektni yig‘lashga va xo‘rsinishga o‘rgatdi! Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring