"Omikron”ga qarshi emlanish keksalar o`rtasida xavfni 81 foizga kamaytiradi

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, hozir dunyoda “omikron” shtammining bir qator mutasiyalari dominant versiyaga aylangan. Ular kuz-qish oylarida Er yuzida koronavirus pandemiyasining yangi to`lqiniga sabab bo`ldi.

Kasallikni jilovlash uchun esa emlanishning ahamiyati hamon dolzarb. Isroil mamlakati olimlari tomonidan o`tkazilgan maxsus tadqiqot bu xulosani yana bir bor tasdiqladi.  

Izlanishlar davomida “omikron” shtammiga qarshi vaksinalarning keksa yoshli insonlarga ta`siri o`rganildi. Buning uchun 622 ming nafardan ziyod bemorlarning tibbiy ma`lumotlari tahlil qilindi.

Реклама на Unews

Aniqlanishicha, bunday vaksinalar oltmish besh va undan katta yoshli kishilarda koronavirus oqibatida shifoxonaga yotqizilish holatlarining oldini olishda 81 foiz samara beradi.  

Shuningdek, tadqiqot asnosida emlanmagan aholi o`rtasida SOVID-19dan o`lim ko`rsatkichi vaksina olganlarga nisbatan ancha yuqori ekanligi ham ma`lum bo`ldi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa o`tgan oyda 18 yoshdan katta fuqarolar o`rtasida “omikron”ga qarshi vaksinalar gospitalizasiya xavfini emlanmaganlarga nisbatan 57 foizga kamaytirishini aniqlagan edi.  

Реклама на Unews

️Shu bois, xalqaro ekspertlar barcha aholi qatlami, jumladan, birinchi navbatda, tibbiyot va ta`lim tizimi xodimlari, keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar va homilador ayollar buster doza bilan emlanishlari zarurligini tavsiya qilmoqda.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring