“Omikron”dan birorta o`lim holati qayd etilgani yo`q – JSST

Koronavirusning “omikron” shtammi ikki hafta ichida dunyoning olti qit`asini “zabt” etib ulgurdi. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi ma`lumotiga ko`ra, yangi mutasiya shu paytgacha 63 mamlakatda qayd etilgan.

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligining JSST tomonidan e`lon qilingan navbatdagi byulletendan keltirishicha, “omikron” “delta”ga nisbatan tezroq tarqalishi mumkin. Biroq uni yuqtirganlarda kasallik engilroq o`tmoqda.  

Xususan, Janubiy Afrika Respublikasidan olingan dastlabki dalillar shuni ko`rsatadiki, yangi shtammning og`ir asoratlarni keltirib chiqarish ehtimoli kam.  

Реклама на Unews

Amaldagi PZR va antigen testlar orqali “omikron”ni aniqlash mumkinligi yana bir bor tasdiqlandi. Shuningdek, SOVID-19ning boshqa shtammlarini davolashda qo`llanilayotgan usullar bu infeksiya turini muolaja qilishda ham samara beradi.  

Shunga qaramay, JSST to`plangan ushbu ma`lumotlar “omikron” xavfi haqida yakuniy xulosa chiqarish uchun hali etarli emas, degan xulosada.  

Yangi kasallik turining engil o`tayotganini boshqa rasmiy doiralar ham tasdiqlayapti. Masalan, Evropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi ma`lumotiga ko`ra, qit`ada “omikron”dan hozircha birorta o`lim qayd etilgani yo`q.  

Реклама на Unews

Jumladan, Evropada 732 ta yangi mutasiyani yuqtirish holati aniqlangan. Ularning katta qismi Daniya (195 kishi) va Norvegiya (109 kishi) hissasiga to`g`ri keladi. Bemorlarning deyarli barchasida kasallik engil kechgan.

Bunday xulosalar AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tomonidan ham e`lon qilindi. Unga ko`ra, mamlakatda yaqin kunlargacha 43 ta holat ro`yxatga olingan va barcha bemorlarda xastalik og`ir asoratlarsiz o`tgan. Faqat bir kishi shifoxonaga yotqizilgan va shunda ham ahvoli yaxshilangach, ikki kundan keyin unga javob berilgan.

Mutaxassislarning kuzatuvlariga ko`ra, “omikron”ning belgilari kattalar va bolalarda turlicha namoyon bo`lmoqda. Ularni umumlashtiruvchi asosiy alomatlar esa charchoq, bosh og`rig`i, ishtaha yo`qolishi va teridagi toshmalardir.  

Hozir qator davlatlar yangi variantning tarqalish shiddatini hisobga olib, ehtiyot choralarini kuchaytirmoqda. Misol uchun, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, 18 yoshdan oshgan fuqarolarni yil oxirigacha buster doza bilan emlanishga chaqirdi.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring