Oltin izlovchilarni tosh bosib qoldi — Kolumbiya

Kolumbiya g‘arbida oltin qazib chiqaruvchi konning o‘pirilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, o‘n bir kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «Proclama Cauca y Valle» nashri mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Hodisa Kauka departamentida joylashgan Santander-de-Kilichao shahri hududida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘pirilish payshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Реклама на Unews

Xabarlarga ko‘ra, konda qazilma ishlari noqonuniy ravishda olib borilgan. Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, kondan foydalanish ishlari to‘xtatilganiga ancha bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring