Olimlar o‘ta xavfli kasallikning kutilmagan alomatini aniqlashdi

Jigar saratoni rivojlanayotganidan axlat rangi bo‘zarishi ham dalolat berishi mumkin. Bu haqda Duglas Makmillan nomidagi saratonga qarshi kurash xayriya tashkiloti qo‘llanmasidan aytilgan, deb yozadi «Daily Express», deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Mutaxassislar kasallikning boshqa alomatlarini ham sanab o‘tishgan: ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, qorinning o‘ng qismida og‘riq va shish, shuningdek, teri va ko‘z oqining sarg‘ayishi shular jumlasidan.

«Bularning hammasi boshqa kasalliklar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Shu bois shifokorga murojaat qilish kerak», — deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, diabet va ortiqcha vazn jigar saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, kasallikning rivojlanishiga irsiy moyillik ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring