Olimlar "Omikron" shtammning ilk tasvirini namoyish etishdi

Olimlar dunyoni tashvishga solayotgan "Omikron" shtammning ilk tasvirini namoyish qilishdi. Yangi shtammda aniqlangan 43 ta mutasiya bu virusni inson organizmiga moslashib bo`lganini bildirishi aytilmoqda.

Bu haqda "RIA Novosti"ga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Qayd etilishcha, laboratoriya tekshiruvlari davomida "Delta" shtammning asl nusxasini "Omikron" shtamm bilan yonma yon qo`yib solishtirilganda yangi shtammda ko`plab mutasiyalarni ko`rish mumkin. Ular qizil rangda belgilangan. Shuningdek tasvirda "Delta" shtammi 18 ta mutasiyani, yangi "Omikron" shtammi esa 43 ta mutasiyani o`z ichiga oladi.

Реклама на Unews

Fotosuratlarni Rim va Vatikandagi "Bambino Gesù" kasalxonasi taqdim etdi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, mutasiyalar, asosan, inson hujayralari bilan o`zaro ta`sir qiluvchi oqsil sohasida to`plangan, bu virusning inson turiga moslashishini anglatadi. Keyingi tadqiqotlar infeksiyaning yangi shtammi qay darajada xavfli bo`lishini anglatishi ta`kidlangan.

Avvalroq, JSST COVID-19ning yangi shtammini "Omikron" deb nomlagani haqida ma`lumot bergan edik.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring